Shavkat Mirziyoyev "O‘zekspomarkaz" pavilonlarining birida to‘plangan O‘zLiDeP faollari oldida so‘zga chiqdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
5 dekabr kuni soat 16:00 da MSK raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov teleefir orqali so‘zga chiqib O‘zbekiston xalqiga minnatdorchilik bildirdi va saylovda qonunbuzarliklar bo‘lmaganini va aholining saylovlarda faol ishtirok etganini xabar qildi. Shundan keyin O‘zbekiston prezidenti saylovi natijalari e’lon qilindi. Shavkat Mirziyoyev 88,61% ovoz to‘pladi degan so‘zlardan keyin zalda gulduros olqishlar jarangladi. Keyin yangi saylangan O‘zbekiston prezidenti Shavkat MIrziyoyev rus va o‘zbek tillarida so‘zga chiqdi.
«Saylov ulkan siyosiy faollik bilan bo‘lib o‘tdi. O‘tgan 25 yil davomida ko‘plab ishlar amalga oshirildi, biz ko‘plab muvaffaqiyatlarga erishdik. Meni qo‘llab-quvvatlagan O‘zbekiston xalqiga minnatdorligimni bildiraman. Saylovlarni yuqori saviyada tashkil qilishda yordam bergan Markaziy Saylov komissiyasiga, Okrug va uchastka saylov komissiyalarining a’zolariga, ularga ko‘mak bergan barcha barcha fuqarolik jamiyatlariga, ayniqsa O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi va boshqa siyosiy partiyalar faollariga, katta rahmat aytishga ijozat bergaysizlar. Undan tashqari 40 mamlakatdan kelgan 600dan ortiq xalqaro kuzatuvchilarga ham ularning O‘zbekiston siyosiy hayotiga o‘zgarishlariga bo‘lgan jiddiy e’tiborlari uchun cheksiz minnatdorchilik bildiraman. Aziz vatandoshlar, hammangiz yaxshi xabardorsizlar, respublikamiz hududa saylovchilar vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda, men jamiyatimiz hayotining siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan keng ko‘lamli ishlar dasturini e’lon qildim. Ushbu dasturiy islhotlar shubhasiz mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. Vatanimiz rivoji hamda xalqimiz faravonligini ta’minlash uchun bu ishlarni biz sizlar bilan birgalikda albatta amalga oshiramiz, ishoning shunday bo‘ladi. So‘zimning oxirida yana bir bor ko‘p millatli xalqimizga ta’zim qilib, bildirgan ishonchlaringiz va qo‘llab-quvvatlashingiz uchun barchangizga cheksiz minnatdorchilik bildiraman. Barchangizga doim omad, oilaviy baxt, saodat va farovonlik tilayman. Sizlarning oldingizda bir narsani yana bir bor takrorlamoqchiman — Xudoi Taollo bunday katta lavozimni xalq oldida sinov uchun beradi. Bu sinov hammamiz va men uchun ham katta sinov. Shuning uchun, men yana bir marta, tik qarab, elim va xalqim oldida bir narsani aytmoqchiman. Mening qaysi qishloqdan chiqib bu erga kelishim, qaerlarda qanday vazifalarda ishlaganim, ko‘p qirrali, o‘ta mashaqqatli vazifalarni bajarganim, 27 yil muxtaram Islom Abdug‘anievichning yonlarida ishlab, bu erga kelishdan ma’suliyatimni, javobgarligimni — hammasini to‘g‘ri tushunaman. Markaziy Saylov komissiyamiz raislari xabar qilgan 88% ovozni mana shunday og‘ir vaqtda olish mumkin. Bu nimadan dalolat beradi? Odamlarimiz nimagadir ishonayapti, odamlarimiz nimanidir kutayapti. Ushbu vaziyatda men ushbu ishonchni, ma’suliyatni o‘z bo‘ynimga olib, bir narsani aytmoqchiman: albatta bu juda murakkab ma’suliyat, lekin men uchun jonajon xalqimga, vatanimga, sizlarga xizmat qilish — bu juda katta saodatdir, hayotimda shundan bo‘lak niyatim, istagim boshqa hech narsa yo‘q. Avvallombor, mana shu sinovdan, oyog‘im, shaxsan mening oyog‘im, erdn uzilmasdan, sekinlik bilan, aqa-baqa tashlamasdan, juda ko‘p mashaqqatlarni ko‘rgan xalqimiz istak-niyatlarini, armonlarini amalga oshirish. Xalq blan, sizlar bilan bamaslahat amalga oshirish. Odamlar ko‘p narsani kutayapti, bugungi berilgan ovoz, mana shunday natijalar — bu odamlarning kelajakka ishonib, yurtimizdagi tinchlik osoyishtalikni mustahkamlashga bo‘lgan katta ishonchi va umidlari belgisidir. Oddiy oilaning tinchligi va osoyishtaligi — bu eng katta baxt. Muhtaram birinchi prezidentimiz erishgan eng katta natijalari — tinchlik, osoyishtalik, dunyo hamjamiyati oldidagi O‘zbekiston o‘rni, hilpiragan O‘zbekiston bayrog‘i bo‘ldi. Mana bugun hammangiz ko‘rib turibsizlar, 40ta mamlakatdan 600ga yaqin kuzatuvchilar kelib saylovni kuzatishdi. Biz, istiqlol yillarida O‘zbekiston nimaga erishdi, degan sinovdan o‘tdik. Biz buni hali sezmayapmiz, lekin bugungi natijalar shundan dalolat bermoqda. Men bir narsa istayman: sizlarning, butun xalqimizning baxtli kunlaringizni ko‘rish, jonajon vatanimizning har bir oilasi rozi bo‘lib yashasin. Sizlarni rozi qilish uchun butun vujudim, butun borlig‘im bilan harakat qilish — mening eng katta niyatim va umidim va maqsadim. Yana bir marta katta rahmat sizlarga», — deb so‘zini yakunladi Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi