date

Mehnat inspektorlari endi oldindan ogohlantirmay tekshiruv o‘tkazishi mumkin

Mehnat inspektorlari endi oldindan ogohlantirmay tekshiruv o‘tkazishi mumkin

2025 yil 1 sentyabrdan O‘zbekistonda mehnatni nazorat qilish mexanizmiga o‘zgartirishlar kiritiladi. Bu prezidentning 4 avgustdagi «Mehnat munosabatlari va kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda ish beruvchilarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonida nazarda tutilgan.

Xususan, davlat mehnat inspektorlari tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruvlar to‘g‘risida vakolatli organlarni oldindan xabardor qilish majburiyati bekor qilinadi.

Bundan tashqari, tadbirkorlarga xavf-xatarlarni tahlil qilish tizimi bo‘yicha Mehnat inspeksiyasi tomonidan tekshiruvlarni boshlash uchun 10 kunlik ogohlantirish talabi tatbiq etilmaydi.

2026 yil 1 yanvardan boshlab ma’muriy jarimalarni Yagona milliy mehnat tizimi orqali ish beruvchi ishtirokisiz, keyinchalik elektron ma’muriy qarorlar chiqarish bilan jo‘natish mumkin bo‘ladi.

Farmonga ko‘ra, norasmiy bandlikka yo‘l qo‘ygan ish beruvchilar 30 BHM (12,36 mln so‘m), huquqbuzarlik takroran sodir etilgan taqdirda esa 100 BHM (41,2 mln so‘m) miqdorida ma’muriy javobgarlikka tortilishi kutilmoqda. Bandlik vazirligi, Adliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasiga avgust oyiga qadar Vazirlar mahkamasiga ushbu jazoni joriy etish bo‘yicha qonun loyihasini kiritish topshirildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Mehnat inspektorlari endi oldindan ogohlantirmay tekshiruv o‘tkazishi mumkin