Prezident ta’lim va fanga qaratilgan eng ustuvor yo‘nalishlarni aytdi

Prezident ta’lim va fanga qaratilgan eng ustuvor yo‘nalishlarni aytdi

So‘nggi sakkiz yil ichida mamlakatimizda ta’lim va ilm-fan sohalariga qaratilgan mablag‘lar keskin oshgani ma’lum qilindi. Xususan, bu muddatda ajratilgan sarmoya 6 barobar ko‘payib, 378 trillion so‘mga yetdi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston tarixida ilk bor oltin-valyuta zaxiralari 50 milliard dollardan oshib, yangi marrani zabt etdi. Prezident ta’kidlaganidek, bu barqaror iqtisodiy o‘sishdan va yetarli resurslardan darak beradi.

— Iqtisodiyotimiz izchil rivojlanmoqda, imkoniyat va zaxiralarimiz yetarlicha. Bu — bog‘cha va maktablardan tortib texnikum hamda oliy ta’lim muassasalari qurilishi, ularni zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash, ustoz va murabbiylarning moddiy rag‘batini uzluksiz oshirib borishning ishonchli kafolati emasmi?! — dedi Prezident.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ta’lim sifatini yuksaltirish, o‘qituvchilarning mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash mamlakat islohotlarining eng muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi.

Prezident alohida ta’kidladi: Yangi O‘zbekistonda eng qadrli sohalardan biri — ta’lim, eng hurmatga sazovor shaxslar esa — o‘qituvchi va murabbiylardir.

Shu tariqa, ta’lim va fanga yo‘naltirilayotgan katta sarmoyalar yurtimizda kelajak avlod tarbiyasi va bilim sohasi uchun mustahkam poydevor yaratishga xizmat qilmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar