date

Mirziyoyev BMT sessiyasida nutq so‘zlaydi va qator uchrashuvlar o‘tkazadi

Mirziyoyev BMT sessiyasida nutq so‘zlaydi va qator uchrashuvlar o‘tkazadi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-sentyabr kuni Nyu-York shahriga yetib bordi. U yerda davlat rahbari Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasida ishtirok etadi.

Jon Kennedi xalqaro aeroportida Prezidentni AQSH rahbarining global sherikliklar bo‘yicha maxsus vakili Paolo Zampolli, Amerika – O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm hamda boshqa nufuzli shaxslar tantanali ravishda kutib oldi.

Tashrif doirasida Prezident Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining umumiy munozaralari minbaridan nutq so‘zlaydi. Unda O‘zbekistonning xalqaro siyosatdagi pozitsiyasi, dolzarb global masalalar bo‘yicha taklif va tashabbuslari haqida so‘z yuritishi kutilmoqda.

Davlat rahbari shundan tashqari qator xorijiy mamlakatlar yetakchilari, xalqaro tashkilotlar va yirik moliyaviy tuzilmalar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi. Muzokaralarda siyosiy aloqalarni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama etilishi mumkin.

Shuningdek, AQSHning yetakchi korporatsiyalari va kompaniyalari rahbarlari bilan alohida muloqotlar, davra suhbatlari ham bo‘lib o‘tadi. Bu uchrashuvlarda O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlar, xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar va yangi qo‘shma loyihalar muhokama etilishi kutilmoqda.

Prezidentning Nyu-York safari xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, mamlakat manfaatlarini global maydonda kengroq targ‘ib qilish yo‘lida muhim qadam sifatida baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Mirziyoyev BMT sessiyasida nutq so‘zlaydi va qator uchrashuvlar o‘tkazadi