Xitoyning Yutong kompaniyasi O‘zbekistonga 100 ta elektrobus jo‘natdi

Xitoyning Yutong kompaniyasi O‘zbekistonga 100 ta elektrobus jo‘natdi

Toshkent shahri jamoat transportini rivojlantirish yo‘nalishida 2025-yilda 200 dona elektrobuslar va ular uchun quvvatlash uskunalari xaridi loyihasi amalga oshirilmoqda.

Mazkur xaridlarni amalga oshirish maqsadida o‘tkazilgan eng yaxshi takliflar tanlovida Xitoyning Yutong kompaniyasi g‘olib bo‘lgan edi.

Xitoyning Yutong kompaniyasi O‘zbekistonga 100 ta elektrobus jo‘natdi

Kompaniya bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq harakat tarkiblarini yetkazib berish jarayoni boshlandi. Mazkur loyiha Xitoyning Eximbanki hamda «O‘zsanoatqurilishbank» ATBning moliyaviy ko‘magida amalga oshirilmoqda.

100 ta elektrobusdan iborat birinchi partiya Xorgosdan Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga yo‘lga chiqarildi. Barcha elektrobuslarni jo‘natish jarayoni joriy yilning sentyabr oyi oxiriga qadar yakunlanishi mo‘ljallanmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar