date

Oliygohlarda 2025/2026-yil super kontrakt stavkalari ma’lum qilindi

Oliygohlarda 2025/2026-yil super kontrakt stavkalari ma’lum qilindi

Yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili uchun tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari e’lon qilindi. Bu qarorga muvofiq, 2025/2026 o‘quv yildan boshlab super kontrakt narxini belgilash huquqi oliygoh rektorlari va direktorlariga berilgan edi.

Qoidaga ko‘ra, qabul balli 4,05 dan yuqori bo‘lmagan abituriyentlar uchun kontrakt summasi bazaviy to‘lov-kontraktning kamida 3 baravari etib belgilanadi. Shu asosda bir qator oliygohlar o‘z stavkalarini e’lon qildi.

Jumladan:

Andijon davlat texnika instituti — 3 baravardan 4 baravargacha;

Andijon davlat universiteti — 4 baravardan 6 baravargacha;

Namangan davlat pedagogika instituti — 3,1 baravardan 6 baravargacha;

Termiz davlat universiteti — 4 baravardan 10 baravargacha;

Buxoro davlat universiteti — 4 baravardan 12 baravargacha;

Namangan davlat chet tillari instituti — 4 baravar;

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 4 baravardan 7 baravargacha;

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 5 baravardan 9 baravargacha;

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali — 7 baravardan 12 baravargacha;

Toshkent davlat yuridik universiteti — 17 baravar;

Urganch davlat universiteti — 4 baravardan 10 baravargacha;

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali — 5 baravar.

Eng yuqori stavka Toshkent davlat yuridik universitetida belgilanib, u bazaviy to‘lovning 17 baravariga teng bo‘ldi.

Ma’lum qilinishicha, super kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyentlar kontraktning yarmini — 50 foizini 2025-yil 31-oktyabrga qadar to‘lash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa oliygoh talabalari uchun ma’lum ma’noda yengillik yaratadi.м

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Oliygohlarda 2025/2026-yil super kontrakt stavkalari ma’lum qilindi