22:37 / 27.12.2016
7 619

Buxoro viloyat amaldorlari yangi hokimdan hayfsan olishdi

Buxoro viloyat amaldorlari yangi hokimdan hayfsan olishdi

O‘ktam Barnoyev aytishiga qaraganda, viloyatda e’lon qilingan statistik ko‘rsatkichlar hudud imkoniyatlariga loyiq emas, deb xabar qilmoqda Sof.uz sayti.

Viloyatning yangi hokimi aytishiga qaraganda “mahalliy hokimlar va taaluqli tashkilotlar faqat statistika ma’lumotlari to‘plash bilan band. Aslida esa ulardan tadbirkorlarga amaliy yordam ko‘rsatish talab etiladi.”

Majlisda e’lon qilingan hisobotlarga ko‘ra viloyatning eksport salohiyati 82 foizga amalga oshirilgan, va foyda 128,5 million dollar o‘rniga 105,7 mln dollarni tashkil qilgan.

“Viloyatda amal qilayotgan korxonalarning aksariyati tadbirkorlar tashabbusi bilan tashkil qilingan. Mahalliy hokimiyatlar va javobgar tashkilotlar ularga kredit olishga, zamonaviy texnologiyalar tadbiq qilishga aniq amaliy yordam ko‘rsatishlari kerak. Faqat shunday hollarda rivojlanishning samarali yo‘lini topsa bo‘ladi”, — dedi Barnoyev.

Majlisda shuningdek, viloyatda amaldorlar orasida jinoyatchilikni kamaytirish, tibbiy yordam samaradorligini oshirish, Yangi yilga tayrgarlik ko‘rish va boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘ktam Isoyevich Barnoyev ushbu yilning 16 dekabrida hokim etib tayinlangan edi. Buxoroning sobiq hokimi Muxiddin Turdievich Esanov esa — internet qabulxona orqali tushgan arizalarni qoniqarsiz ravishda ko‘rib chiqqanligi uchun o‘z lavozimidan bo‘shatilgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Buxoro viloyat amaldorlari yangi hokimdan hayfsan olishdi