date

O‘zbekiston Yevropa bilan 10 mlrd yevrolik tarixiy shartnoma imzoladi

O‘zbekiston Yevropa bilan 10 mlrd yevrolik tarixiy shartnoma imzoladi
Bryusseldagi Yevropa kengashi bosh qarorgohida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yevropa kengashi prezidenti Antoniu Koshta va Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayen bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Joriy yil aprel oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo—Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti yakunida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida tomonlar yangi hamkorlik imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi. Uchrashuv davomida imzolangan “Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi” bitim tarixiy ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.

Bitim savdo, investitsiyalar, transport, energetika, iqlim, yuqori texnologiyalar hamda madaniy-gumanitar hamkorlik sohalarini rivojlantirishga katta hissa qo‘shadi. Shu bilan birga, tomonlar O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zoligi bo‘yicha Yevropa Ittifoqi bilan olib borilgan ikki tomonlama muzokaralarni olqishladi.

Uchrashuv davomida energetika, kimyo, muhim minerallar, logistika, to‘qimachilik va farmatsevtika tarmoqlarida umumiy qiymati 10 milliard yevrodan (11 mlrd dollar) ziyod yangi loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston Yevropa bilan 10 mlrd yevrolik tarixiy shartnoma imzoladi