Ishonchli manbaning ma’lum qilishicha, endilikda shu vaqtgacha Jizzax viloyati IIB boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan Abdusalom Azizov O‘zbekiston Respublikasi IIV rahbarligiga tayinlangan.

Adhamjon Ahmadboyev 2013 yilning dekabrida O‘zbekiston IIV rahbarligida Bahodir Matlubovning o‘rnini egallagandi.

Endi u prezidentning huquq-tartibot organlari ishi bo‘yicha davlat maslahatchisi sifatida ishlashda davom etadi.
Abdusalom Azizov Jizzax viloyati IIB rahbarligidan oldin turli yillarda respublika IIV rahbari birinchi o‘rinbosari, "O‘zbekneftgaz" milliy holding kompaniyasi raisi va "O‘zbekneftmahsulot" kompaniyasi rahbari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
U shuningdek, 2008 yilda O‘zbekiston Futbol federasiyasi vise-prezidenti etib tayinlangani haqida ma’lumotlar bor. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar