09:48 / 10.01.2017
8 917

O‘zbekistonda 12 turdagi mahsulot eksportiga ruxsat berildi

O‘zbekistonda 12 turdagi mahsulot eksportiga ruxsat berildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi qarori bilan 12 turdagi buyum va mahsulotlar eksportiga o‘rnatilgan taqiq bekor qilindi.

Shunday qilib, don (bug‘doy, javdar, suli, guruch, makkajo‘xori, grechka), non-bulochka mahsulotlari, un va yorma, qoramol va parranda, go‘sht va submahsulotlari, uy parrandasining oziq-ovqat sut mahsulotlari, shakar, qadimgi asori-atiqalar, o‘simlik yog‘i, charm, mo‘yna-jun (shu jumladan qorako‘l) xom ashyosi, lom va rangli metall chiqindilari, pilla, ipak xom ashyosi (o‘ralmagan), ipak chiqindilari hamda polietilentereftalatat (PET) chiqindilari, kesmalari va skraplari kabilarni eksport qilish mumkin bo‘ladi.

2017 yil 1 yanvaridan ushbu mahsulotlar va buyumlarning eksport shartnomalari davlat bojxona xizmati idoralarida qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatga qo‘yilishi talab etiladi.

Qonunchilikka kiritilgan o‘zgartishlar Prezidentning 2016 yil 5 oktyabrdagi «Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni ta’minlash, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilish va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»ga qarori ijrosi yuzasidan qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avval xabar berilganidek, 2017 yil 1 yanvaridan O‘zbekiston tadbirkorlik sub’ektlarida barcha turdagi rejadan tashqari tekshirishlar bekor qilingan.

Faqatgina yuridik shaxsga barham berish hamda jismoniy va yuridik shaxslarning muroajaatlari tufayli Respublika nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengash qarori bilan o‘tkaziluvchi qisqa muddatli tekshirishlar bundan mustasno.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda 12 turdagi mahsulot eksportiga ruxsat berildi