date

Ruxsatsiz xalq tabobati uchun jarima va qamoq belgilandi

Ruxsatsiz xalq tabobati uchun jarima va qamoq belgilandi

Endilikda tegishli ruxsatnomasiz xalq tabobati bilan shug‘ullangan, tashxis qo‘ygan yoki davolash xizmati ko‘rsatgan fuqarolar hamda mansabdor shaxslar javobgarlikka tortiladi. Shuningdek, bunday faoliyatni omma oldida targ‘ib etganlarga ham jazo choralari belgilandi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 59¹⁵-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra:

  • fuqarolar uchun 15–20 baravar,
  • mansabdor shaxslar uchun esa 20–25 baravar bazaviy hisoblash miqdori miqdorida jarima belgilanadi.

Agar ruxsatsiz xalq tabobati xizmatlari orqali moddiy foyda olish holati aniqlansa, xuddi shunday miqdorda jarima qo‘llaniladi.

Shuningdek, agar bu qoida buzilishi bir yil ichida takrorlansa, 20–30 baravar jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi berilishi mumkin.

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, ushbu choralar fuqarolar sog‘lig‘ini muhofaza qilish va soxta “shifokorlik” faoliyatining oldini olishga qaratilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Ruxsatsiz xalq tabobati uchun jarima va qamoq belgilandi