date

Haj-2026: o'zbek ziyoratchilari uchun yangi qoidalar

Haj-2026: o'zbek ziyoratchilari uchun yangi qoidalar
Joriy yilning 9-noyabr kuni O'zbekiston delegatsiyasi va Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligi o'rtasida "Haj-2026" mavsumini tashkil qilish yuzasidan uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda Prezident maslahatchisi o'rinbosari Muzaffar Qamolov, Diniy ishlari qo'mitasi raisi Sodiq Toshboyev, muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar, attashe Shuxrat Amoniy hamda Saudiya Arabistoni haj va umra vaziri Tavfiq bin Fawzan ar-Rabiya va Saudiya Arabistonining O'zbekistondagi elchisi Yusuf al-Utaybi ishtirok etdi.

Uchrashuv avvalida O'zbekiston Prezidenti va Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz al Saud hamda valiahd shahzoda Muhammad ibn Salmon al Saud o'rtasidagi ko'p qirrali munosabatlar yuqori natijalar berayotgani, delegatsiyalar almashinuvi ko'paygani va ziyoratchilarga eng yuqori darajada xizmatlar ko'rsatilayotgani qayd etildi. Muzokaralar davomida yangi mavsum uchun joriy etilgan tartib-qoidalar, xususan, ziyoratchilarning xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan choralar muhokama qilindi.

Tibbiy talablarni qat'iy bajarish, hujjatlarni o'z vaqtida tayyorlash, shartnoma shartlarini bajarish va haj davridagi qoidalarga rioya qilish masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Haj va umra vaziri Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan haj va umra sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ilmiy tadqiqotlar, ijodiy ishlar va ziyoratchilar intizomini yuqori baholadi.

Shuningdek, u O'zbekistonda Islom sivilizatsiyasi markazi va Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasi ochilish marosimlarida ishtirok etish niyatida ekanini bildirdi. Uchrashuvda, shuningdek, ziyorat turizmi, mamlakatimizning qadimiy shaharlari bo'ylab sayohatlarni tashkil qilish, ilmiy tadqiqotlar va hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar bir qator masalalar bo'yicha kelishuvga erishib, esdalik sovg'alari almashishdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Haj-2026: o'zbek ziyoratchilari uchun yangi qoidalar