Mehnat vazirligi milliy ish qidirish tizimini ishga tushirdi. Bundan buyon paydo bo‘lgan yangi ish joylari va ish qidirayotgan fuqarolar tarjimai hollari ish.mehnat.uz saytida joylashtirilishi mumkin, deb xabar qilmoqda Sof.uz sayti.
“Bundan buyon yuridik shaxslar kabinetlarida mavjud bo‘lgan vakansiyalar haqidagi ma’lumotlarni yuborishlari mumkin. Mehnat vazirligi xodimi olingan ma’lumotlar asosida vakansiyalar haqidagi ma’lumotlarni Milliy vakansiyalar bankiga joylashtiradi. Keyin ularni vakansiyalar portalga kirgan har bir kishi ko‘rishi mumkin”, — deyilgan matbuot xizmati xabarida.
Yangi tartib mehnat daftarchalari olish tizimini ham to‘liq avtomatlashtiradi. Mehnat vazirligi xabariga ko‘ra, bugungi kunda ushbu tizimga 85 vazirlik va muassasalar ulangan. Keyinchalik Milliy vakansiyalar bankiga 200 mingga yaqin tashkilot ulanishi rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi