
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov tavallud topgan kun – 30 yanvar sanasini nishonlash borasida tayyorgarliklar ko‘rilmoqda. Xo‘sh, birinchi Prezidentimizning tavallud kunida qanday tadbirlar o‘tkazish rejalashtirilgan:
Avvalo, Islom Karimovni xotiralash tadbirlari o‘tkaziladi;
Viloyatlarda shoir, olim va ziyolilar tomonidan birinchi Prezidentimizning hayoti, faoliyati va boy merosini targ‘ib qiluvchi tadbirlar o‘tkaziladi;
Mamlakatimizdagi barcha ta’lim muassasalarida, mahallalarda xotira tadbirlari tashkil etiladi;
Samarqandda Islom Karimov dafn etilgan hududda ziyorat tadbirlari bo‘lib o‘tadi;
Toshkent va Samarqandda ehson tadbirlari o‘tkaziladi;
Shuningdek, televidenie orqali birinchi Prezidentimizning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan filmlar namoyish etiladi va tadbirlar keng yoritiladi.
Manba: Mulohaza.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar