22:28 / 13.01.2017
8 173

O‘zbekistonda harbiy sanoat majmuasi barpo etiladi

O‘zbekistonda harbiy sanoat majmuasi barpo etiladi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 25 yilligi munosabati bilan Vatan himoyachilariga bayram tabrigi yo‘lladi.

Prezident o‘z tabrigidan keyin qo‘shinlarni zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan qayta ta’minlash – bugungi va istiqboldagi eng muhim vazifa ekani haqida gapirdi.

«Afsuski, bu masala biz kutgan darajada jadal sur’atlar bilan amalga oshirilmayapti.

Shu munosabat bilan birinchi galdagi vazifa sifatida 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan kompleks dastur ishlab chiqishimiz kerak. Unda harbiy ahamiyatga ega mahsulotlar sotib olish, mavjud texnika vositalarini ta’mirlash va modernizasiya qilish, bu boradagi ishlarni maqsadli moliyalashtirish bo‘yicha aniq tadbirlar ko‘zda tutilishi darkor.

Mamlakatimizda harbiy sanoat majmuasini barpo etish vaqti keldi, deb hisoblayman. Shu nuqtai nazardan, Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari A.J.Ramatov boshchiligida mudofaa sanoati sohasida yagona siyosatni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan tegishli davlat organini tashkil etish masalasini ko‘rib chiqish kerak. Uning tarkibiga Mudofaa vazirligining ta’mirlash bo‘yicha barcha korxonalarini, shuningdek, Chirchiq aviasiya ta’mirlash zavodi hamda o‘q-dori tayyorlaydigan “Vostok” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasini o‘tkazish zarur.

Kelgusida ana shu korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish bilan birga, ilmiy-ishlab chiqarish bazasini yaratish, servis markazlari va qo‘shma korxonalar tashkil etishga, shuningdek, mamlakatimizning etakchi korxonalarida harbiy ahamiyatga ega bo‘lgan ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga alohida e’tibor qaratish kerak.

Shuningdek, harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar samaradorligini oshirish diqqatimiz markazida bo‘lishi darkor. Bu sohada qabul qilingan davlat dasturini amalga oshirish bo‘yicha yangi mexanizmlarni ishlab chiqish ob’ektiv zaruratga aylanganini bugun yaqqol his etmoqdamiz.

Shu maqsadda xizmatni o‘tash tartibi, front orti ta’minoti, harbiy xizmatchilarni uy-joy bilan ta’minlash, ularga tibbiy xizmat ko‘rsatishni takomillashtirishga qaratilgan, ko‘pdan buyon hayot talabiga aylangan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishni tezlashtirish muhim ahamiyatga ega. “Harbiy xizmatni, ichki ishlar va bojxona idoralarida xizmatni o‘tagan shaxslar hamda ularning oila a’zolarini pensiya bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini qabul qilish zarur, deb hisoblayman.

Ma’lumki, mamlakatimizda joriy etilgan, yakka tartibda uy-joylar qurish uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari ajratish bo‘yicha yangi tizim bugungi kunda ijobiy natija bermoqda.

Ana shu tizimni harbiy xizmatchilarni uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha ham keng joriy etish zarur.

Shu yilning o‘zida mamlakatimizning barcha mintaqalarida harbiy xizmatchilarning oilalari uchun ularga imtiyozli ipoteka kreditlari berish yo‘li bilan uch qavatli 56 ta uy-joy binosini barpo etamiz», degan prezident.

Prezident Vatan himoyachilariga bayram tabrigida O‘zbekiston hech qanday harbiy-siyosiy bloklarga qo‘shilmasligini ta’kidladi

O‘zbekistonda yangi Qurolli Kuchlar akademiyasi tashkil etiladi, unga talabalar lisey va kollejlardan tanlab olinadi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda harbiy sanoat majmuasi barpo etiladi