O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasisiga «UZPAYNET» MChJ QK o‘z vakolatini suiste’mol qilish holatlari to‘g‘risida bir qator tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan murojaatlar kelib tushgan. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati xabar tarqatdi, deb yozadi Kun.uz.
Ushbu murojaatlarga muvofiq Qo‘mita tomonidan «UZPAYNET» MChJ QK hududlardagi to‘lovchi agentlar bilan bilan tuzadigan shartnomalari o‘rganib chiqildi. Natijada, «UZPAYNET» MChJ QK tomonidan mazkur shartnoma qayta ko‘rib chiqildi, ma’lum shartlar qisqartirildi va bir xillashtirildi. Jumladan, «UZPAYNET» MChJ QK tomonidan qo‘llaniladigan 16 turdagi jarima sanksiyalarini bir-biriga o‘xshashligi sababli 7tasi qisqartirildi.
To‘lov qabul qilingandan so‘ng to‘lovchiga chek bermaslik uchun chora ko‘rish mavjudligini inobatga olgan holda, chek qog‘ozini yo‘qligi, kassa apparati yo‘qligi yoki ishlamasligi kabi qonunbuzarlik holatlari bir-birini qaytargani uchun shartnomadan chiqarib tashlandi. Shuningdek, to‘lov qabul qilishda yo‘l qo‘yilgan qonun buzilish holatlari uchun xodimlarga qo‘llaniladigan choralar bir xillashtirildi, deb yoziladi qo‘mita axborotida.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy ahvoli yomonlashishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, shartnomada jarima hisoblashning ma’lum me’yori ham hisobga olingan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
AQSH raketalari yordamida yo‘llangan birinchi zarbalardan keyin Rossiya aksiyalari 2 mlrd dollarga quladi
Tramp Amerika razvedkasi ma’lumotlariga kirish huquqiga ega bo‘ldi
Taksi haydovchilari litsenziyasi narxi ikki barobarga qimmatlashdi