17:53 / 14.01.2017
14 196

30 yanvar — Islom Karimov tavallud topgan kunda qanday tadbirlar o‘tkaziladi?

30 yanvar — Islom Karimov tavallud topgan kunda qanday tadbirlar o‘tkaziladi?

O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov tavallud topgan kun – 30 yanvar sanasini nishonlash borasida tayyorgarliklar ko‘rilmoqda. Xo‘sh, birinchi Prezidentimizning tavallud kunlari qanday tadbirlar o‘tkazish rejalashtirilgan:

Avvalo, Islom Karimovni xotiralash tadbirlari o‘tkaziladi;

Viloyatlarda shoir, olim va ziyolilar tomonidan birinchi Prezidentimizning hayoti, faoliyati va boy merosini targ‘ib qiluvchi tadbirlar o‘tkaziladi;

Mamlakatimizdagi barcha ta’lim muassasalarida, mahallalarda xotira tadbirlari tashkil etiladi;

Samarqandda Islom Karimov dafn etilgan hududda ziyorat tadbirlari bo‘lib o‘tadi;

Toshkent va Samarqandda ehson tadbirlari o‘tkaziladi;

Shuningdek, televidenie orqali birinchi Prezidentimizning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan filmlar namoyish etiladi va tadbirlar keng yoritiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 30 yanvar — Islom Karimov tavallud topgan kunda qanday tadbirlar o‘tkaziladi?