22:53 / 19.01.2017
14 301

Tanishing Shavkat Mirziyoyev yangi farmon loyihasini xalqqa muhokama uchun taqdim etdi

Tanishing Shavkat Mirziyoyev yangi farmon loyihasini xalqqa muhokama uchun taqdim etdi

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi loyihasining muhokamasiga barchani taklif etamiz, deyiladi Sh.M.Mirziyoyev faoliyati haqida ma’lumotlar beruvchi guruh sahifasida.

2017−2021 yillarga mo‘ljallangan strategiyadan ko‘zlangan maqsad — olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyat rivojini yangi bosqichga ko‘tarish, hayotning barcha sohalarini liberallashtirish, mamlakatimizni modernizasiya qilish bo‘yicha eng muhim ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirishdan iborat.

Hujjatda qayd etilishicha, mamlakat bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili bugungi kunda jahon bozorida kon’yunktura o‘zgarib, raqobat tobora kuchayib borayotganini har tomonlama hisobga olishni, shu asosda davlatni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha strategik yondoshuv va tamoyillarni ishlab chiqish va amalga oshirishni taqozo etmoqda.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
quyidagi beshta ustuvor yo‘nalishni o‘z ichiga oladi:

I. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari

Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatimizni modernizasiya qilishda parlamentning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi va davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, davlatning iqtisodiyotni tartibga solish borasidagi funksiyalarini qisqartirish, «yagona oyna» tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini keng joriy etish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish va fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish yo‘lida davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish.

II. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari

Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash, yurtdoshlarimiz tomonidan odil sudlovga erishish darajasini oshirish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish, sud jarayonida tortishuv tamoyilini to‘laqonli joriy etish, yuridik yordam va xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash uchun qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga e’tiborni yanada kuchaytirish.

III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishari

Iqtisodiyotning ochiqligi va raqobatdoshligini oshirish, iqtisodiy mustaqillikni kuchaytirish, makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, etakchi ishlab chiqarish tarmoqlarini modernizasiya va faol diversifikasiya qilish, moliya-bank sohasini tubdan isloh etish, xususiy mulk va tadbirkorlikni har tomonlama himoya qilish, tashqi iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish, xorijiy investisiyalarni faol jalb etish, turizm tarmog‘ini samarali rivojlantirish, qishloq xo‘jaligida tarkibiy o‘zgartirishlarni amalga oshirish maqsadida iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish.

IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari

Ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdorini bosqichma-bosqich oshirish, aholi bandligini ta’minlash masalasini samarali hal etish, fuqarolarni zamonaviy va arzon uy-joylar bilan ta’minlash, uy-joy va kommunal xo‘jaligini, sosial infratuzilma ob’ektlarini modernizasiya qilish, aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash, ilm-fan, ta’lim-tarbiya tizimini, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish yo‘lida ijtimoiy sohani rivojlantirish.

V. Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar

Davlatning mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mintaqamizda xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini vujudga keltirish, jahon hamjamiyatida mamlakatimizning ijobiy xalqaro nufuzini mustahkamlash yo‘lida xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni yanada kuchaytirish hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatni yuritish.
Loyihada 2017−2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Milliy komissiya hamda Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan O‘zbekistonni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha komissiyalarni tuzish taklif qilingan.

Harakatlar strategiyasi besh bosqichda, kelgusi besh yilda mamlakatda yillarga beriladigan nomlardan kelib chiqqan, har bir yil bo‘yicha davlat dasturlari qabul qilinishini nazarda tutgan holda, amalga oshiriladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Tanishing Shavkat Mirziyoyev yangi farmon loyihasini xalqqa muhokama uchun taqdim etdi