22:56 / 20.01.2017
10 852

JUDA QIZIQ: Amerikalik josuslar O‘zbekistonda qanday faoliyat yuritishgan?

JUDA QIZIQ: Amerikalik josuslar O‘zbekistonda qanday faoliyat yuritishgan?

Markaziy razvedka boshqarmasi «sovuq urush» davriga oid maxfiy hujjatlarni oshkor qildi, bu hujjatlarda O‘zbekiston nomi ham qayd etilgan.

MRB sayti orqali qidiruv berilganida O‘zbekiston tilga olingan 2259 ta va «Uzbek» so‘zi qayd etilgan 3982 ta hujjat chiqadi. Amerikaliklarni nima qiziqtirgan?

Barcha narsa — iqtisodiyot, infrastruktura, siyosiy qiziqishlar, respublikadagi sovet armiyasi qismlari joylashuvi, tibbiyot va fan. Masalan, AQSh razvedkasini paxta va O‘zbekiston irrigasion tizimi judayam qiziqtirgan. Oshkor qilingan ma’lumotlardan biri Katta Farg‘ona kanalidagi to‘g‘on suratidir.

Amerikalik josuslarning O‘zbekistonda qanday faoliyat yuritishgani haqida ma’lumotlar berilmagan — ular hali ham maxfiylik tamg‘asi ostida turibdi.

Respublikadagi vaziyat haqidagi ma’lumotni ular asosan ochiq manbalardan olishgan.

Oshkor qilingan ma’lumotlarning aksariyati sovet gazetalaridan ko‘chirmalar, teledasturlarni hikoya qilib berish va sovet olimlari dissertasiyalarining mazmunidan iborat.

Amerikaliklar barcha sovet gazetalari, jurnal va haftaliklarini o‘qib borishgan. Masalan, tibbiyot sohasidagi ma’lumotlarni «Medisinskiy rabotnik» jurnalidan olishgan. Yangiliklar manbasi sifatida ular yirik emas, mahalliy — «Andijanskaya pravda», «Pravda Vostoka» va boshqa gazetalardan foydalanishgan. Ular uchun «Istoriya SSSR», «Geografiya v shkole» ilmiy jurnallari yirik statistika manbasi bo‘lgan. Masalan, O‘zbekistonning sovet hokimiyati davridagi dastlabki 25 yil davomida erishgan yutuqlarini ular SSSR tarixi jurnalidan bilishgan. Oshkor etilgan arxivda haqiqiy josuslik ma’lumotlari kam. Lekin ular uchrab turadi. Masalan, respublika transport vazirligi binosining batafsil tasvirlanishi. Hisobotda hatto kabinetlar joylashuvi tushirilgan chizma ham bor.

Amerika razvedkasi saytida jami bo‘lib 13 million hujjat oshkor etilgan. Ular orasida NUJlarni kuzatish va insonning yashirin imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha yashirin tadqiqotlar haqidagi ma’lumotlar ham mavjud.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » JUDA QIZIQ: Amerikalik josuslar O‘zbekistonda qanday faoliyat yuritishgan?