12:39 / 23.01.2017
7 720

Samarqandlik mansabdor shaxs o‘zi ishlaydigan bankni o‘mardi

Samarqandlik mansabdor shaxs o‘zi ishlaydigan bankni o‘mardi

Respublikada faoliyat yuritayotgan banklardan birining Samarqand viloyati Payariq tumanidagi boshqaruvchisi bir qator jinoyatlarda ayblanib mahkamaga tortildi.

“Huquq” nashrining bildirishicha, ismi oshkor etilmagan bank mansabdori o‘nlab fuqarolar tomonidan omonat sifatida bankka topshirilgan 152 million so‘m mablag‘ni hujjatlarni soxtalashtirish yo‘li bilan o‘zlashtirgan.

“Katta miqdordagi tekin pullar jig‘ildoniga moydek yoqayotgan boshqaruvchi” kredit to‘lovi sifatida topshirilgan millionlab mablag‘ni ham talon-taroj qilgan. Bundan tashqari, mansabdor bank xazinasida saqlanayotgan 362 million so‘m va 63,5 ming AQSh dollarini qoplarga joylab olib chiqib ketgan. Bank boshqaruvchisi amalga oshirgan jinoyatlarni uzoq davom ettirish mumkin”, deb yozadi gazeta.

Mazkur bank boshqaruvchisi sud tomonidan 7 yil muddatga ozodlikdan hamda 3 yil rahbarlik lavozimida ishlash huquqidan mahrum etilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Samarqandlik mansabdor shaxs o‘zi ishlaydigan bankni o‘mardi