O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali nafaqat Toshkent, balki Samarqandda ham o‘rnatiladi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar bermoqda.
Akademiya saytiga joylashtirilgan xabarda keltirilishicha, haykal Samarqanddagi Toshkent ko‘chasi bo‘ylab joylashgan xiyobonda, Registon maydonidan o‘ng tomonga o‘rnatiladi. Poytaxtning qaysi qismidan haykal uchun joy ajratilishi esa hozircha ma’lum emas.
Manbalarimizning ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi Prezident haykali O‘zbekistonning boshqa shaharlarida ham o‘rnatilishi mumkin.
Ayni paytda Islom Karimov haykali loyihasi bo‘yicha xalqaro badiiy tanlov davom etmoqda. U diplomli haykaltarosh va arxitektorlar uchun ochiq. Tanlov ishlari 31 martga qadar qabul qilinadi.
Qabul qilib olingan loyihalar Badiiy akademiya Markaziy ko‘rgazmalari zaliga eksponat sifatida qo‘yiladi va barcha xohlovchilar 10 aprelga qadar ularni tomosha qilishlari mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”