
1 dekabrdan O‘zbekistonda AИ-80 markali benzinning avtomobillarga quyilishi qat’iy nazoratga olinadi. Bu choralar davlat rahbarining 18 noyabrdagi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Past oktanli benzinning yonishi uglerod oksidi va boshqa zararli moddalarni hosil qiladi, shuningdek, transport chiqindilari iqlim o‘zgarishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli AИ-80 benzini sotilishi va ishlatilishi cheklanishi belgilandi.
Mazkur o‘zgarishlar transport tizimida ekologik xavfsizlikni oshirishga qaratilgan bo‘lib, avtomobil egalari va yoqilg‘i stansiyalari uchun yangi qoidalar joriy etiladi.
Kelajakda ushbu nazorat tizimi yanada rivojlantirilib, yoqilg‘i sifati va ekologik monitoring yanada mustahkamlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.