37 518
Farg‘onalik tadbirkor donasi 1500 dollarlik tuyaqush boqmoqda, har biridan yiliga 80-100 jo‘ja!
Farg‘ona viloyati Rishton tumanidagi “STRAUS FARM” O‘zbekiston-Buyuk Britaniya qo‘shma korxonasida mahalliy sharoitda tuyaqush boqish yo‘lga qo‘yilgan. Bu haqda “Vodiymedia” xabar qiladi.
O‘tgan yili tashkil etilgan mazkur korxonaga 306 ming dollar evaziga xorijdan 200 bosh Afrika tuyaqushi keltirilib, zamonaviy inkubatorlar tashkil etilgan va tuyaqush jo‘jalarini ochirish yo‘lga qo‘yilgan edi. 16 gektarga yaqin er ajratilib, tuyaqush boqish uchun kerakli maydon va o‘tloqlar barpo etildi.
Ayni paytda bu erda 120-150 kilogramm vaznga ega va yiliga 80-100 donadan jo‘ja ochadigan tuyaqushlar parvarishlanmoqda. Bahor oylaridan tuyaqush jo‘jalarini ochirish boshlanadi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, tuyaqush 4 yilda reproduktiv yoshga etadi va parrandachilikda bunday qushlar “Brider” deb yuritiladi. Ularning o‘rtacha tuxum qo‘yish yoshi 10-15 yil, zotdor tuyaqushlar 40 yil davomida tuxum qo‘yaveradi. Bitta tuyaqush 10-12 yil davomida qo‘ygan tuxumdan chiqqan jo‘ja go‘shti o‘rtacha 72 tonnaga etishi mumkin.Tuyaqush boqishni yo‘lga qo‘yish oilalar uchun ham qulay va daromadli bizneslardan biridir. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi