21:46 / 05.02.2017
11 131

Islom Karimov 1987 yil: «hadeb tug‘averasizlarmi» deya haqorat qilishganda…

Islom Karimov 1987 yil: «hadeb tug‘averasizlarmi» deya haqorat qilishganda…

— Yanglishmasam, o‘tgan asrning 87-yili edi, — deb hikoya qiladi qashqadaryolik keksa muallim Egamberdi ota Xudoyberdiev deya uning so‘zlarini keltiradi "Diydoraziz".
— Bilasiz, elimiz ko‘p farzandli. Har yili o‘g‘il uylantiradi, qiz chiqaradi. Yangi oilalar ko‘paygan sari ularni uy-joy bilan ta’minlash og‘ir muammo bo‘lib borayotgandi. Hammayoq paxta. Bir qarich er bo‘lsa ham paxtaga ajratilar, uy-joy qurish uchun esa umuman berilmasdi.

O‘sha kezlar qishlog‘imizdagi serfarzand ayollar er so‘rab, tuman rahbariga chiqishadi. Sho‘ro zamoni emasmi, rahbar ularni xonasidan quvib chiqarib, «hadeb tug‘averasizlarmi», deya haqorat ham qiladi.

Nohaqlikdan alam yutib, ko‘ngli vayron bo‘lgan ayollar viloyat rahbari Islom Abdug‘anievichga arz qilishadi. Qarangki, muammo tez o‘rganilib barcha rahbarlar ishtirokida muhokama qilinadi. Er so‘rab murojaat qilgan ayollarning arz-dodiga to‘g‘ri baho beriladi. Viloyat rahbari adolatli talabni qanoatlantirish uchun ko‘rsatma beradi. Va qalbida farzandlari baxti uchun haqiqatni aytishdan chekinmagan ana shu munis va mushfiq ayollarga, ular timsolida butun millatimiz onalariga nisbatan buyuk mehr uyg‘onadi.

Bu voqeani tilga olganimiz boisi shundaki, o‘shanda, garchi muammoga bir qishloq misolida echim topilgan bo‘lsa-da, u tarixning g‘oyat muhim burilish pallasida butun mamlakat miqyosidagi o‘ta keskin muammolarni hal qila oladigan islohotlarga turtki berganiga endilikda hammamiz guvohmiz. 1989 yil 17 avgustda Islom Karimov boshchiligida respublika hukumatining shu masalaga bag‘ishlangan yig‘ilishi o‘tkazilib, «Qishloqda yashovchi har bir oilani tomorqa bilan ta’minlash, ularga yakka tartibda uy-joy qurish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berish haqida» qaror qabul qilinadi.

Ushbu tarixiy hujjatda qishloqda yashovchi har bir oilaga o‘rtacha 25 so‘tixdan er ajratib berish va tomorqa maydonlarini qariyb 4,5 barobar ko‘paytirish ko‘zda tutilgan edi.

Bu tarixiy qaror bois haqiqatdan ham xalqimizning elkasiga oftob tegdi. Kuni kecha shu voqealarni yana bir bor eslagan Egamberdi ota: «Yurtimizning bugungi kuch-qudrati, qut-barakamiz, turmushimiz fayzi, barcha obodliklar el-ulus manfaatini ko‘zlagan shunday islohotlarning sharofatidan», deydi.

Amir Xudooyberdi

Davomi bor…

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Islom Karimov 1987 yil: «hadeb tug‘averasizlarmi» deya haqorat qilishganda…