O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 10 fevral kuni Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida Termiz tumanida tashkil etiladigan baliqchilik kompleksi loyihasi bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Bugungi kunda Surxondaryo viloyatida 186 baliqchilik xo‘jaligi faoliyat yuritmoqda. Endi ularning safiga “Termiz agro fish eksport” agrofirmasi ham qo‘shiladi.
Bu erda baliq etishtirish bilan birga baliq ozuqalarini ishlab chiqarish, viloyatda etishtiriladigan baliq mahsulotlarini eksportga yo‘naltirish ishlari ham amalga oshiriladi.
Korxonada Vetnam texnologiyasi asosida Afrika laqqasi, karp kabi baliqlar etishtiriladi. Suvni muntazam tozalab berishga asoslangan ushbu texnologiya baliq etishtirish samaradorligini besh barobarga oshirishi bilan ahamiyatlidir. Komleksda 500 tonna baliqni qayta ishlash, 105 ish o‘rni tashkil etish rejalashtirilgan.
“Xalqimiz baliqni luqmai halol deb atashida katta hikmat bor. Uning tarkibida inson salomatligi uchun juda muhim bo‘lgan elementlar, vitaminlar mavjud.
Surxondaryo baliqchilik bilan shug‘ullanish uchun zarur tabiiy iqlim, suv zaxiralariga ega. Bundan unumli foydalanish, ushbu tarmoqni yanada rivojlantirish uchun maxsus dastur ishlab chiqish kerak. Baliqchilikni chuqur biladigan mutaxassislar tayyorlash maqsadga muvofiqdir”, deydi Prezident.
Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatida suv resurslaridan samarali foydalanish loyihasi bilan tanishdi.
Loyihada viloyatdagi gidrotexnika inshootlari, kanal va boshqa suv tarmoqlarini rekonstruksiya qilish, yangilarini qurishga qaratilgan 122,7 million dollarlik chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda. Uning 89,5 million dollari Islom taraqqiyot bankining krediti hisobiga qoplanadi. Natijada viloyatning Sherobod, Sariosiyo, Denov, Oltinsoy, Sho‘rchi, Boysun, Qumqo‘rg‘on tumanlaridagi 103,5 ming gektar maydonda suv ta’minoti yaxshilanadi.
Prezident O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari federasiyasi kengashiga qarashli “Termiz marvaridi sanatoriyasi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari bilan tanishdi.
Uchqizil suv ombori bo‘yidagi bahavo hududda joylashgan 140 o‘rinli ushbu sihatgohda bemorlar fizioterapiya va ma’danli suv, qum va quyosh nurlari orqali davolanadi.
Bugungi kunda 80 o‘rinli sihatgoh binosi to‘liq rekonstruksiya qilindi. Keyingi bosqichda 60 o‘rinli yangi bino qurish va uni zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlash, qozonxonalarni modernizasiyalash, hududda bolalar maydonchasi, futbol, voleybol, basketbol, qo‘l to‘pi va boshqa sport turlari bilan shug‘ullanishga mo‘ljallangan stadion va maydonchalar barpo etish rejalashtirilgan.
Davlat rahbari mutasaddilarga mazkur hududda dam olish kompleksi qurish bo‘yicha zarur topshiriqlar berdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi