date

2026 yilda Toshkentda inklyuziv markaz ochiladi

2026 yilda Toshkentda inklyuziv markaz ochiladi
2026/2027 o‘quv yilidan boshlab Toshkentda Milliy ijtimoiy himoya agentligi qoshida Inklyuziv markaz faoliyat boshlaydi. Bu haqda Podrobno.uz xabar beradi.

Shu bilan birga, mamlakatning boshqa hududlarida maxsus maktablar va internat maktablari negizida ko‘p funksiyali inklyuziv maktablar tashkil etiladi. Ushbu taʼlim muassasalarida bolalar moslashtirilgan sinflarda taʼlim olib, o‘quv va ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirishlari, individual taʼlim rejalari asosida shug‘ullanishlari, shuningdek, qo‘shimcha korreksion va kasbiy mashg‘ulotlarga qatnashishlari mumkin bo‘ladi.

2027-yil 1-yanvardan boshlab Inklyuziv markazda pedagoglarning inklyuziv taʼlim sohasidagi bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholashga qaratilgan professional sertifikatlash tizimi joriy etiladi. Eslatib o‘tamiz, joriy yilning oktyabr oyida YuNESKOning 43-sessiyasi ochilishida Prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlab, gumanitar hamkorlikning yangi ustuvor yo‘nalishlarini belgilovchi bir qator tashabbuslarni ilgari surdi.

Ularning eng muhimlaridan biri maxsus ehtiyojli bolalar uchun inklyuziv taʼlimni rivojlantirish bo‘yicha YuNESKO Platformasini yaratish g‘oyasi bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » 2026 yilda Toshkentda inklyuziv markaz ochiladi