20:31 / 24.02.2017
8 769

Namangan tumani hokimi o‘zgartirildi

Namangan tumani hokimi o‘zgartirildi

Xalq deputatlari Namangan tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

Sessiya ishida viloyat hokimining o‘rinbosarlari, viloyat hokimligining guruh va kotibiyatlari, tegishli viloyat tashkilotlari rahbarlari, tumandan viloyat kengashiga saylangan deputatlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Bu haqda viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi Xayrullo Bozorov ma’ruza qildi.

Viloyat rahbari Namangan tumanida o‘tgan bir yilda amalga oshirilgan qurilish-obodonlashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, qishloq xo‘jaligi sohalarida erishilgan natijalarni, hududning eksport salohiyatini oshirish, xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida ish sifati va darajasini ko‘tarish bilan bog‘liq tajribalarni alohida e’tirof etdi.

Shu bilan birga viloyat birinchi rahbari tumanda hali qilinishi zarur bo‘lgan yumushlar ko‘pligini uqdirib, tuman faollari e’tiborini yangi ish joylari yaratish, qurilish va obodonlashtirishga yo‘naltirilgan xayrli ishlarni izchil davom ettirish, kollejlarda ta’lim va tarbiya sifatini tubdan yaxshilash, aholining rozi-rizoligi yo‘lida fidoyilik bilan ish tashkil etishga qaratdi.

Shavkatjon Abdurazzoqov Vazirlar Mahkamasiga ishga o‘tganligi munosabati bilan viloyat hokimining qaroriga ko‘ra, tuman hokimi vazifasidan ozod qilindi. Hozirgacha «Namangan hududiy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelgan Shuhratjon Abdulhaevich Davronov tuman hokimi etib tayinlandi, viloyat hokimining shu haqdagi qarori sessiyada bir ovozdan tasdiqlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Namangan tumani hokimi o‘zgartirildi