Norma axborot-huquqiy portali ekspertlari mehnat stajini tasdiqlash tartibini takomillashtirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi, deb yozmoqda Daryo nashri.
Dunyoning ko‘pchilik mamlakatlarida mehnat daftarchalari o‘rnida soliq to‘lovchilar, ishchilar, mehnat va shu kabilarni hisobga olishning elektron tizimlaridan foydalaniladi, deyiladi maqolada. Ammo, O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq, mehnat daftarchasi ish stajini tasdiqlashda asosiy (yagona emas) hujjat bo‘lib qolmoqda.
Shu bilan birga, amalda pensiya tayinlashda ish staji mehnat daftarchasi bilan birgalikda, ma’lumotnomalar, buyruqlardan ko‘chirmalar, ish haqi vedomostlari, mehnat shartnomalari, arxiv ma’lumotnomalar va boshqa hujjatlar bilan tasdiqlanadi.
Aslida, mehnat staji o‘rniga, sug‘urta badallari to‘langan davrlar hisobga olinadi, bu esa mehnat daftarchasining ahamiyatini deyarli yo‘qotadi. Bugungi kunda Pensiya jamg‘armasi mehnat staji haqidagi ma’lumotlarni fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan sug‘urta badallari individual hisobining markazlashgan reestri orqali oladi.
Bu boshqaruv personali vaqtining ahamiyatli qismini egallaydigan mehnat daftarchalari yuritishni ortiqcha qilib qo‘yadi.
Hozirda kishining 2005 yildan boshlangan mehnat stajini mehnat daftarchalarisiz yuritish mumkin. Shu bilan birga, odamlar mehnat daftarchalari orqali tasdiqlashi kerak bo‘lgan davrlar saqlanib qoladi. Bu 2005 yilgacha bo‘lgan stajdir.
Shuni hisobga olgan holda portal ekspertlari quyidagilarni taklif qiladi:
- ish beruvchilar tomonidan mehnat daftarchalari yuritilishi bekor qilinsin;
- 2005 yilgacha bo‘lgan davr uchun mehnat daftarchasi mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat bo‘lib qolishi, 2005 yildan keyingi davr uchun esa mehnat staji jamg‘ariluvchi individual pensiya hisobi ma’lumotlari orqali tasdiqlanishi belgilansin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Metabolizm sekinlashganining belgilari
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi