10:23 / 03.03.2017
6 026

Toshkentning 39ta chorrahasidagi kameralar qoidabuzarliklarni qayd etmoqda

Toshkentning 39ta chorrahasidagi kameralar qoidabuzarliklarni qayd etmoqda

Toshkent shahri chorrahalarida joylashtirilayotgan kameralar va tezlik o‘lchovchi radarlarning qachon to‘liq ishga tushirilishi ma’lum emas, deb yozadi Kun.uz sayti.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda shahar bo‘yicha jami 39ta kamera chorrahalarda sodir bo‘layotgan qoidabuzarliklarni sinov tariqasida qayd etmoqda. Umuman, reja bo‘yicha jami 120ta chorrahaga kuzatuv va qoidabuzarlikni qayd etuvchi kameralar, bundan tashqari, ko‘chalarda tezlikni qayd etuvchi fotoradarlar o‘rnatiladi. Yo‘ldoshevning so‘zlariga ko‘ra, barcha tayyorgarlik ishlari yakunlangach, jihozlar o‘rnatilganidan so‘ng, hammasi bir kunda bir vaqtning o‘zida ishga tushiriladi.

Vakilning alohida uqdirishicha, chorrahalarga o‘rnatilayotgan kameralar va yo‘llarga o‘rnatiluvchi fotoradarlar faqat yangi bo‘ladi.

2 mart kuni “Profilaktika kuni” munosabati bilan Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasida OAV vakillari ishtirokida matbuot brifingi tashkil etilgani haqida avval xabar berilgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentning 39ta chorrahasidagi kameralar qoidabuzarliklarni qayd etmoqda