date
views 10 085

Turkmanobod shahrida Islom Karimov haykali ochildi

Turkmanobod shahrida Islom Karimov haykali ochildi

Turkmanistonning Lebap viloyati ma’muriy markazi Turkmanobod shahrida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali ochildi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

Haykalning ochilish marosimida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ishtirok etdi.

Turkmaniston prezidenti marosimdagi chiqishi chog‘ida Islom Karimovning ikki davlat va qardosh xalqlar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasini qayd etdi.

O‘zbekiston va Turkmaniston etakchilari Islom Karimov haykali poyiga gullar qo‘ydi.

Lebap viloyati ma’muriy markazi ko‘chalaridan biriga ham Islom Karimov nomi berildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Turkmanobod shahrida Islom Karimov haykali ochildi