18:02 / 12.03.2017
5 968

Buxoroning markaziy ko‘chalaridan biriga Islom Karimov nomi berildi

Buxoroning markaziy ko‘chalaridan biriga Islom Karimov nomi berildi

O‘zbekistonning Birinchi prezidenti xotirasini abadiylashtirish maqsadida Buxoroning markaziy ko‘chalaridan biriga Islom Karimov nomi berildi, deb yozmoqda Sputnik nashri.

Xabarda aytilishicha, ushbu ko‘cha qiyofasini o‘zgartirish, uning ikki tomonida zamonaviy binolar barpo etish bo‘yicha 3-yilga mo‘ljallangan loyiha ishlab chiqildi.

Mirziyoyev ushbu ko‘cha Islom Karimov nomiga munosib bo‘lishi, qurilish ishlarini salohiyatli pudratchi tashkilotlar bajarishi zarurligini ta’kidladi.

O‘zbekiston rahbari Islom Karimov va Ibn Sino ko‘chalari kesishgan joyda bunyod etiladigan Universal sport majmuasi loyihasini ko‘zdan kechirgan.

2018-yilda foydalanishga topshiriladigan ushbu majmuada 15 sport turi bo‘yicha mamlakat va xalqaro miqyosdagi musobaqalarni o‘tkazish imkoniyati yaratiladi. Undan uchta mashg‘ulotlar zali, basseyn, tennis korti, 3 ming 500 tomoshabinga mo‘ljallangan zal o‘rin oladi. Majmua sportchilarni tayyorlash, murabbiylar malakasini oshirish, sport metodikasi bo‘yicha namunaviy markaz bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Buxoroning markaziy ko‘chalaridan biriga Islom Karimov nomi berildi