
11 mart kuni xalq deputatlari Mirishkor tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida viloyat hokimi Zafar Ro‘ziev so‘zga chiqib, tuman salohiyati, iqtisodiy imkoniyatlari, keyingi yillarda xalq xo‘jaligining turli jabhalarida erishilgan yutuqlar hamda yo‘l qo‘yilayotgan kamchilik va echimini kutayotgan muammolar haqida atroflicha mulohaza yuritdi. Bu xususda mutasaddilarning fikrini eshitdi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rilib, tumanni bir necha yildan buyon boshqarib kelgan Omonov Xasan Farmonovich o‘z lavozimidan ozod etildi. Komilov Ravshan Alimovich Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Komilov Ravshan Alimovich shu vaqtga qadar Chiroqchi tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi. Shu munosabat bilan Komilov viloyat hokimi qaroriga ko‘ra, ushbu vazifadan ozod etildi. Uning o‘rniga kim tayinlangani hozircha ma’lum emas. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar