Gazetxon shikoyati: Paxtachi tumanida pochta aloqa bo‘limlari qisqarib bormoqda

Samarqandning Paxtachi tumanida pochta aloqa bo‘limlari qisqarib, shtatlari kamayib ketyapti. Bu haqda Maxsiddin Tog‘aev «Zarafshon» gazetasiga asoslanib "Daryo.uz" nashri ma’lum qildi.

«Masalan, Po‘latchi qishloq fuqarolar yig‘ini hududida 5 ta umumta’lim maktabi, 2 ta maktab filiali, 2 ta QVP, 6 ta mahalla bo‘lib, jami 12 ming nafardan ortiq aholi yashaydi. Shu hududda bitta pochta aloqasi bo‘limi bo‘lib, uning ham binosi yo‘q. Bir rahbar-u bir xodim ishlaydi.
Xonadonlarga gazeta keltirilmaganiga ham ancha bo‘ldi. Sobiq jamoa xo‘jaligi idorasida joy bor, mahalla fuqarolar yig‘ini idorasi binosida ham 2 ta xona topiladi. Ammo tuman rahbarlari bu ishga kirishishni istamaydi, shekilli. Pochta idorasiga bino ajratilib, aholi o‘rtasida obuna tashkil etilsa, odamlar gazeta o‘qib, ma’naviy, siyosiy saviyasini oshirsa yomonmi?»— deya kuyunib yozadi gazetxon.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0
…