10:43 / 05.04.2017
9 433

Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi o‘zgardi

Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi o‘zgardi
Saparali Azimov o‘z arizasiga muvofiq Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi vazifasidan ozod etildi. Viloyat hokimi tavsiyasiga ko‘ra, Azzamov Xudoyberdi Surxonovich Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Azzamov Xudoyberdi O‘zbekiston Ekologik harakati Toshkent viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Bu haqda UZ24 xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, bugungi kunda tumanda ro‘yxatga olingan 764 ta kichik biznes sub’ektining 83 tasi faoliyat ko‘rsatmayapti. Ishlab turibdi, deb aytilayotgan 681 ta sub’ektning ham 132 tasi haqiqatda faoliyat ko‘rsatmayotganligi aniqlandi. Buning oqibatida ayni paytda tumanning viloyat sanoatidagi ulushi atigi 3 foizni tashkil etmoqda.

Tuman paxta, meva-sabzavot, uzum etishtirish bo‘yicha viloyatda etakchi o‘rinda turadi, lekin bu mahsulotlarni qayta ishlash, eksportbop tovarlar ishlab chiqarish bo‘yicha birorta korxona mavjud emas.

Tumanda bor-yo‘g‘i 2 ta xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxona mavjud va bu viloyat ko‘rsatkichining 1 foizini ham tashkil qilmaydi.

Shuningdek, tumanda kommunal sohada ham ko‘plab muammolar to‘planib, debitor qarzdorlik yil sayin oshib bormoqda. Jumladan, yilning dastlabki uch oyida qarzdorlik elektr energiyasidan 709 million so‘mga, tabiiy gazdan 800 million so‘mga oshgan. Tumandagi ko‘pqavatli uy-joylarni ta’mirlash uchun banklardan kredit olish bo‘yicha ham hech qanday choralar ko‘rilmagan.

Ijtimoiy sohada yo‘l qo‘yilgan kamchilik va nuqsonlar natijasida ta’lim muassasalarida davomat keskin tushib ketgan. Xorijga chiqib ketgan 63 nafar kollej o‘quvchilarini qaytarish choralari ko‘rilmagan. 200 dan ortiq muntazam darslarga kelmaydigan o‘quvchilar ota-onalarining atigi 18 nafariga javobgarlik choralari qo‘llangan, xolos. Tibbiyot tizimida ham echimini kutayotgan juda ko‘p muammolar mavjud.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi o‘zgardi