
115ta chorrahaga o‘rnatilgan 883ta kuzatuv kameralari yordamida 15 martdan 6 aprel kuniga qadar jami 51 000 dan ziyod qoidabuzarliklar aniqlangan. Buning 30 mingdan ortig‘i svetoforning qizil chirog‘ida harakatlanish va 21 mingdan ortig‘i tezlikni belgilangan me’yordan oshirish qoidabuzarliklarini tashkil etgan.
30 martdan 6 aprelgacha bo‘lgan bir hafta ichida kameralar yordamida jami 6 371ta, shundan 3 718ta svetoforning qizil chirog‘ida harakatlanish va 2 653tasi tezlikni belgilangan me’yordan oshirish qoidabuzarliklari qayd etilgan.
Shu bilan birga, kuzatuv kameralari ishga tushgandan buyon, ya’ni 15 martdan 6 aprel kuniga qadar yo‘l transport hodisalari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 27taga yoki 31,4 foizga, avtohaokatlarda odam o‘limi bilan bog‘liq holat 7taga yoki 53,8 foizga, YTHda tan jarohati etkazish bilan bog‘liq holat 25taga yoki 25 foizga kamaygan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar