Andijon shahar hokimi Dilmurod Rahmatullaev bir guruh talabalar, faol va iste’dodli o‘quvchilar bilan uchrashdi, deb xabar beradi O‘zAga tayanib "Daryo.uz" nashri.
Uchrashuvda asosiy e’tibor yoshlarning maqsad va intilishlarini rag‘batlantirish, muammolarini hal etishda davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligini kuchaytirish, yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan asrash, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish masalalariga qaratildi.
Tadbirda Andijon shahridagi «Cho‘lpon» kinoteatri o‘rnida barpo etilayotgan «Yoshlar markazi» eng zamonaviy texnologik vositalar, jihozlar bilan ta’minlanib, kelgusida yoshlarning iste’dod va salohiyatini yuzaga chiqarishiga ko‘maklashadigan maskanga aylanishi ta’kidlandi.
«‘Kamolot’ yoshlar ijtimoiy harakati faoliyatini takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha tayyorlanayotgan hujjat loyihasi muhokama qilindi. Loyihada harakat faollari uchun qator imtiyoz va imkoniyatlar berish belgilangani yoshlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi», — deyiladi O‘zA axborotida. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Sherali Jo‘rayevning birinchi turmush o‘rtog‘i Xursanoy aya: “Botirjon Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li”
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
“O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi