8 776
Shavkat Mirziyoyev Toshkentda yo‘lga qo‘yiladigan yangi transport turi loyihasi bilan tanishdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 aprelda Toshkent shahrida jamoat transportining yangi turi – elektrichka qatnovini yo‘lga qo‘yish loyihasi bilan tanishdi. Bu haqda "Axborot" ko‘rsatuvida ma’lum qilindi, deb yozadi "Kun.uz" nashri.
Ushbu transport turi Toshkent halqa yo‘li bo‘ylab qatnovni amalga oshirishi rejalashtirilgan. Loyiha qiymati 265 mln dollarni tashkil qiladi. Ushbu liniyaning ikki yo‘nalishi bo‘ylab 10 ta elektrichka (har bir yo‘nalishda 5 tadan) harakatlanadi. Yo‘nalish davomiyligi taxminan 1 soatni tashkil qiladi.
Ushbu transport turini yo‘lga qo‘yish rejasi haqida Shavkat Mirziyoyevning Toshkentdagi saylovchilar bilan saylovoldi uchrashuvida ilk bor ma’lum qilingan. O‘shanda loyihani amalga oshirish 2017-2030 yillarga mo‘ljallangani ma’lum qilingandi.
Elektrichka harakatlanadigan yo‘l uzunligi 71,2 kilometrni tashkil qiladi (ikki yo‘nalish bo‘yicha 140 km dan ko‘proq) va u bo‘ylab 26 ta stansiya barpo etiladi.
Ma’lum qilinishicha, elektrichka liniyasi avtobus yo‘nalishlari, metro stansiyalari va boshqa transport turlari bilan qulay bog‘lanadi. Loyihani ishlab chiqishda xorijiy davlatlar tajribasi hisobga olingan.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»