12:32 / 18.04.2017
6 611

O‘zbekistonda yana zilzila kuzatila boshlandi

O‘zbekistonda yana zilzila kuzatila boshlandi
Toshkent shahri aholisi 18 aprel kuniga o‘tar kechasi soat 04:04da 2 balli zilzila kuchini sezishgan.

«Toshkent» seysmologi markazi ma’lumotiga ko‘ra zilzila epimarkazi Toshkentdan 507 km janubi-sharqiy nuqtada, Afg‘oniston hududidagi Hindikush tog‘larida joylashgan bo‘lib, zilzila kuchi 5,8 ball bo‘lgan. Er silkinishi kuchini Toshkentdan tashqari Namangan viloyatida ham sezishgan (2 balldan pastroq kuchli). O‘zbekistonning boshqa hududlarida zilzila kuchi sezilmagan, deb yozadi Kun.uz nashri.

Zilzila oqibatida jabrlanganlar borligi haqida ma’lumot yo‘q.

O‘zbekiston fanlar akademiyasining seysmologiya instituti 15 aprel kuni ham mamlakatning janubi-sharqida hamda Afg‘oniston shimolida kichik zilzila qayd etgandi.

Ma’lumot uchun, oxirgi marta O‘zbekiston hududida zilzilalar o‘tgan yilning yanvarida kuzatilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda yana zilzila kuzatila boshlandi