Shavkat Mirziyoyev AQSH Prezidenti Donald Trampni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev AQSH Prezidenti Donald Trampni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSH Prezidenti Donald Trampga tavallud kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

Davlat rahbari maktubida Trampning siyosiy yetakchiligi, davlat boshqaruvidagi tajribasi va xalqaro maydondagi o‘rniga alohida e’tibor qaratdi.

Shuningdek, tabrikda O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi yillarda yangi bosqichga ko‘tarilayotgani ta’kidlandi.

Shavkat Mirziyoyev ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali va strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish muhimligini qayd etdi.

Prezident istiqbolli yo‘nalishlarni muhokama qilish maqsadida Donald Trampni O‘zbekistonga ilk tarixiy tashrif bilan kelishga taklif qildi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar