Erta nikohga qarshi kurashda yangi rag‘bat tizimi joriy etilishi kutilmoqda

Erta nikohga qarshi kurashda yangi rag‘bat tizimi joriy etilishi kutilmoqda

2026 yil 1 sentyabrdan erta nikoh yoki nikoh tuzish tartibini buzish holatlari haqida xabar bergan shaxslar rag‘batlantirilishi mumkin.

Qaror loyihasiga ko‘ra, bunday huquqbuzarliklar uchun undirilgan jarima mablag‘larining 15 foizi xabar bergan shaxslarni mukofotlashga yo‘naltiriladi.

Mazkur tashabbus ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, shuningdek, ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish maqsadida ishlab chiqilgan.

Ichki ishlar vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Iqtisodiyot va moliya vazirligiga mukofotlash tartibini ishlab chiqish vazifasi yuklanmoqda.

Loyiha qabul qilinsa, erta nikoh va qonunga zid nikoh marosimlariga qarshi kurashda jamoatchilik ishtiroki kuchayadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar