15:26 / 02.05.2017
8 164

Prezident yangi farmonni imzoladi: Prokuratura organlari faoliyatida o‘zgarish bo‘ladi

Prezident yangi farmonni imzoladi: Prokuratura organlari faoliyatida o‘zgarish bo‘ladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18 aprel kuni «Mamlakatni modernizasiya qilish va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni hayotga tatbiq etish, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishda prokuratura organlari rolini kuchaytirish to‘g‘risida»gi farmonini imzoladi. Hujjat matni Lex.uz saytida chop etildi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasini besh ustuvor yo‘nalish bo‘yicha faol amalga oshirish maqsadida «mamlakatdagi qonun ustuvorligi va huquqiy tartibni ta’minlashda prokuratura organlari salohiyatidan to‘liq foydalanish, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, demokratik va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga yo‘naltirilgan qonunchilik aktlarining so‘zsiz ijrosini ta’minlash» talab etiladi.

Shunga binoan, prokuratura organlarining ustuvor vazifasi sifatida «Xalq manfaatlariga xizmat qilish» belgilangan. Ushbu oliy maqsadga jamiyatda qonuniylikni mustahkamlash, qonunlarning so‘zsiz bajarilishini samarali nazorat qilish hamda inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, demokratik va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga yo‘naltirilgan qonunchilik aktlari ijrosini ta’minlash orqali erishish nazarda tutilgan. Farmonda belgilanganidek, prokuratura organlarining asosiy e’tibori:

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha kompleks dasturlarning so‘zsiz ijro etilishini nazorat qilish, amalga oshirilayotgan islohotlarga to‘g‘anoq bo‘layotgan omillar va tizimli nuqsonlarni aniqlab barham berish;

Tadbirkorlik faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik sub’ektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish;

Aholi bilan ochiq bevosita muloqot olib borish, fuqarolar murrojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, aholi huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda qonunbuzarlikka nisbatan salbiy munosabatni shakllantirish;

Kam ta’minlangan oilalarning manzilli ijtimoiy himoyalanishini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha dasturlarning hayotga tatbiq etilishi, ish haqi, pensiya, stipendiyalar va nafaqalarning o‘z vaqtida to‘lanishini nazorat qilish;

Sifatli tibbiy yordam, aholiga sotilayotgan dori vositalarining arzonligi, ta’lim jarayoni sifati, fuqarolarning arzon uy-joylar bilan ta’minlanishi, turarjoylar xarid qilishda kreditlar ola bilishi, birinchi navbatda, yosh oilalar, etim bolalar, kommunal xizmatlar ko‘rsatilishi sifati hamda to‘lovlarning o‘z vaqtida ado etilishini nazorat qilish;

Tabiiy boyliklar va er resurslaridan samarali va oqilona foydalanishni nazorat qilish vazifalariga qaratilgan.

Shu bilan birga, farmonga muvofiq, O‘zbekiston Bosh prokuraturasi tarkibida ijtimoiy qonunchilik ijrosini nazorat qilish bo‘yicha boshqarma hamda iqtisodiy qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilish bo‘yicha boshqarma tashkil etiladi.

Bundan tashqari, Bosh prokurorning qonuniylik va huquqiy tartibotni ta’minlash muammolarini aniqlash va muvofiqlashtirishni tashkil etishga mas’ul o‘rinbosari lavozimi ham ta’sis etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prezident yangi farmonni imzoladi: Prokuratura organlari faoliyatida o‘zgarish bo‘ladi