10:29 / 09.06.2017
5 461

Toshkent otliq bo‘linmalari yil oxirigacha faoliyatini boshlaydi

Toshkent otliq bo‘linmalari yil oxirigacha faoliyatini boshlaydi
O‘zbekiston IIV Toshkentda tashkil etiladigan otliq bo‘linmalariga Rossiyadan Orlov zotli otlarini xarid qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB post-patrul xizmati brigada boshlig‘i o‘rinbosari Murodilla Aliqoriev'ga tayanib Kun.uz ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston vakillari yaqin orada Rossiyaga boradi va u erda otlarni xarid qilish muzokaralarini olib borish barobarida Evropa mintaqasidagi eng yirik otliq bo‘linma faoliyati bilan tanishib keladi.

"Barcha maxsus jihozlar Rossiya hamda boshqa xorijiy mamlakatlardan xarid qilinadi. Xizmat boshlanishining dastlabki bosqichida rossiyalik mutaxassislarni jalb etish ko‘zda tutilgan. Otliq bo‘linmalar yil oxirigacha shaharning markazi ko‘chalarida patrullik qilishini rejalashtirayapmiz", — deya qayd etdi IIBB vakili matbuot brifingida.

Otliq bo‘linma Toshkent ippodromi hududida joylashadi. Otliq bo‘linmada 50 ta ot bo‘ladi. Xodimlar bir juft bo‘lgan holda xizmat vazifasini o‘tashadi. Shuningdek, ular ommaviy tadbirlar chog‘ida jamoat tartibini saqlashga ko‘maklashadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkent otliq bo‘linmalari yil oxirigacha faoliyatini boshlaydi