6 297
«Axborot — bu brend va biz uni saqlab qolamiz». «Davr» ham «Yoshlar»da efirga chiqishda davom etadi
14 iyun kuni Xalqaro press-klubning navbatdagi anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017 yilning 2 mayda qabul qilingan «O‘zbekiston 24» axborot tahliliy teleradiokanali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi Qarorining ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi, deb yozmoqda «Daryo» nashri.
Tadbirda spikerlarga ko‘plab savollar berildi, jumladan, barchani qiziqtirayotgan «Axborot» hamda «Tahlilnoma» ko‘rsatuvlarining keyingi taqdiri nima bo‘ladi? Avvalroq, «O‘zbekiston 24» telekanali efirga chiqishni boshlashi bilan «O‘zbekiston» telekanalidagi «Axborot», «Yoshlar» telekanalidagi «Davr» va Toshkent telekanalidagi «Poytaxt» informasion dasturlari o‘z faoliyatini to‘xtatadi deya xabar berilgandi.
Bu savolga O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari Bobur Alixonov javob berdi: «Biz bu brendni saqlab qolamiz deb o‘ylayman. «Axborot» — bu shunchaki ko‘rsatuv emas, aksariyat aholimiz bu ko‘rsatuvga o‘rganib qolgan va uni o‘nlab yillar davomida ma’lum bir vaqtda kutadi. Bu ko‘rsatuvni ko‘rish o‘ziga xos an’ana, hayot tarziga aylanib ulgurgan. Aynan shu tufayli biz «O‘zbekiston» telekanali dasturlarida ushbu ko‘rsatuv bo‘lishi kerak degan fikrga keldik».
«Axborot» brendi ba’zi o‘zgartirishlar bilan saqlanib qolinadi. Ko‘rsatuv nomi ham «Axborot 24»ga o‘zgarib, kechgi vaqtda efirga chiqadi va kunning yakuniy yangiliklarini yoritib boradi. «Axborot 24» bir vaqtning o‘zida «O‘zbekiston 24» hamda «O‘zbekiston» telekanallarida efirga uzatiladi. «Tahlilnoma» ko‘rsatuvi ustida esa ishlar davom etmoqda. Bu kabi tahliliy ko‘rsatuv «O‘zbekiston 24» kanalining dasturlari orasida albatta bo‘ladi, deya qo‘shimcha qildi Alixonov. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi