O‘zgidromet shoshilinch ogohlantirish berdi

O‘zgidromet shoshilinch ogohlantirish berdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • 30 sentyabr – 2 oktyabr kunlari O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin.
  • Ushbu hodisa Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarining bir qator tumanlarida kuzatilishi kutilmoqda.
  • Shu sababli, tog‘oldi va tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralari ko‘rish so‘raladi.

O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi ehtimoli bor. Bu haqda O‘zgidromet tezkor ogohlantirish bilan chiqdi.

Qayd etilishicha, 30 sentyabr – 2 oktyabr kunlari respublika hududida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Shu sababli tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin.

Xususan,

  • Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi va G‘uzor tumanlarida xavf mavjud.

  • Surxondaryo viloyatida Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Muzrobod tumanlari ogohlantirish ro‘yxatiga kiritilgan.

  • Samarqand viloyatining Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy va Ishtixon tumanlarida ham sel-suv toshqinlari kuzatilishi mumkin.

  • Navoiy viloyatida Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex va Karmana tumanlarida, Jizzax viloyatida esa Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish va Yangiobod tumanlarida xavf mavjud.

  • Toshkent viloyatining Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq va Yuqorichirchiq tumanlari, shuningdek, Angren va Olmaliq shaharlarida ham ehtiyotkorlik talab etiladi.

  • Namangan viloyatida Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan va Yangiqo‘rg‘on tumanlari, Farg‘ona viloyatida So‘x, Shohimardon, Farg‘ona va Beshariq tumanlari ogohlantirilgan.

  • Andijon viloyatida esa Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod va Marhamat tumanlari hamda Xonabod shahrida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raldi.

Shuningdek, respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor. Bu esa ayrim hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar