08:10 / 28.06.2017
7 101

Shavkat Mirziyoyev eksport sohasidagi kamchiliklar uchun qator rahbarlarni ogohlantirdi

Shavkat Mirziyoyev eksport sohasidagi kamchiliklar uchun qator rahbarlarni ogohlantirdi
27 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev navbatdagi videoselektor yig‘ilishini o‘tkazdi. U mahalliy mahsulotlarni xorijga eksport qilish mavzusiga bag‘ishlandi. "Axborot" dasturida shu haqida xabar berildi.

O‘zbekiston Prezidenti eksport tizimida olib borilayotgan ishlarni tahlil qilib, sohadagi kamchiliklar va mutaxassislarning mas’uliyatsizligiga alohida to‘xtalib o‘tdi. Davlat rahbari mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish zaruratiga diqqatni qaratdi.

Shuningdek videoselektor yig‘ilishida mamlakatning har bir mintaqasi va sohasi bo‘yicha Esport strategiyasini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi va bu borada amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Videoselektor yig‘ilishida ba’zi rahbarlar ishdan olinib, ba’zilariga xayfsan e’lon qilindi. Jumladan, "O‘zbekoziqovqatxolding" va "O‘zagroeksport" kompaniyalari rahbarlari Odilxon Rustamov hamda Jamshid Holmuhammedovlar egallab turgan lavozimlariga noloyiq deb topildi.

Shu bilan birga, "O‘zbekcharmpoyabzali", "O‘zqurilishmateriallari", "O‘zbekyengilsanoat" rahbarlariga xayfsan e’lon qilindi. Bundan tashqari, qator hokimliklar hamda tuman rahbarlari mavjud kamchiliklar uchun ogohlantirildi.

Bosh vazir o‘rinbosari Ulug‘bek Ro‘ziqulov va tashqi savdo vaziri Elyor G‘anievga sohadagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha shoshilinch choralar ko‘rish vazifasi yuklandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev eksport sohasidagi kamchiliklar uchun qator rahbarlarni ogohlantirdi