6 645
Yangi vazir o‘rinbosari maktab darsliklariga kompyuter o‘yinlarini kiritishni taklif qildi
Xalq ta’limi vazirining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlagan Alisher Sa’dullaev xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida o‘z taklifi bilan murojaat qildi.
"Hozirda ko‘pchilik kitobni planshet, kompyuter, telefonlarda o‘qiydi. Agar maktab darsliklari, jumladan, iqtisodiyot faniga bozor holatini o‘rganib chiqqan holda kompyuter o‘yinlari kiritilsa, ularning natijalari chorak baholariga qo‘shib borilsa, bu bolalar uchun juda qiziqarli bo‘ladi. Mazkur jarayon amaliy soat tariqasida o‘tadi. Masalan, "Ferma" o‘yini ko‘pchilikka juda yaxshi tanish. Biz bu o‘yindan fermani qanday qurish bo‘yicha umumiy xulosa chiqarganmiz. Biz ham darslarga internet bilan bog‘liq simulyasion o‘yinlarni qo‘shsak bo‘ladi", - dedi Alisher Sa’dullaev.
Eslatib o‘tamiz, 30 iyun kuni Toshkent shahridagi Simpoziumlar saroyida bo‘lib o‘tgan «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining navbatdagi Qurultoyi vaqtida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qurultoyda chiqish qilgan 23 yoshli Alisher Sa’dullaevni Xalq ta’limi vaziriga o‘rinbosar etib tayinlagan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?