6 830
Oziq-ovqat mahsulotlari taqchilligini bartaraf etish uchun tuzilgan jamg‘armaga 100 mln dollar ajratildi
O‘zbekistonda Iste’mol bozorida narxlarni barqarorlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi tashkil etildi. Bu O‘zbekiston Prezidentining «Respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga molik oziq-ovqat tovarlari bilan ishonchli ta’minlash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida ko‘zda tutilgan.
Ushbu jamg‘arma ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga aholining ortib borayotgan talabini yanada to‘liqroq qondirish, ularning xarid imkoniyatlarini mustahkamlash, narx-navoning oshib ketishi, inflyasiya va aholining real daromadlari tushib ketishiga olib keluvchi omillar shakllanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida tuzildi.
Jamg‘arma yuridik shaxs maqomisiz tashkil etilmoqda. Qarorga ko‘ra, Moliya vazirligi jamg‘armaga 100 million dollar miqdoridagi mablag‘ taqdim etadi.
Ushbu mablag‘ asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talab va taklifning mavsumiy va boshqa keskin o‘zgarishlarini bartaraf etishga sarflanadi.
Birinchi navbatda, go‘sht, o‘simlik va hayvon yog‘i, donli ekinlar, un, kartoshka, sabzi, piyoz, shuningdek, boshq ijtimoiy ahamiyatga molik tovarlarning narxlarini barqarorlashtirishga qaratiladi.
Jamg‘armaning ishlatilgan mablag‘lari keyinchalik xarid qilingan ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarini ichki iste’mol bozorida sotishdan kelib tushadigan mablag‘lar summasi hisobiga tiklanadi.
Jamg‘armaning mablag‘lari bilan qat’iyan O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga narx- navoni monitoring va nazorat qilish respublika komissiyasi qarorlari bo‘yicha sarflanadigan holda tashkil etiladi.
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi Tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda respublika komissiyasi qaroridan keyin, tanlov asosida, jamg‘arma mablag‘lari hisobidan belgilangan hajmlarda jumladan, go‘sht, o‘simlik va hayvon yog‘i, shuningdek, ichki bozorda etishmayotgan boshqa muhim oziq-ovqat mahsulotlarining import qilinishini qisqa muddatlarda ta’minlagan.
Jamg‘arma hisobidan import qilinadigan ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlari 2018 yil 1 apreligacha bojxona to‘lovlaridan ozod etildi.
Respublikada ishlab chiqarilmaydigan ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlari hamda ishlab chiqarish quvvatlarini etarli darajada faoliyat yuritishini ta’minlashni hisobga olgan holda, qoramolchilik tarmoqlarining ehtiyojlarini to‘laqonli va sifatli qondirish maqsadida em-xashak ishlab chiqarish uchun g‘alla, urug‘lik materiallar va boshqa xom ashyo resurslarini import qilishda bojxona stavkalarini kamaytirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda takliflar kirish to‘g‘risida mutasaddi vazirlik va qo‘mitalarga topshiriq berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...