
O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga poytaxtning Mustaqillik prospektida joylashgan eski binosi qaytarib beriladi. Ayni vaqtda tegishli qaror tayyorlanmoqda. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev 3 avgust kuni mamlakat ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvi chog‘ida ma’lum qildi.
Uchrashuvda ta’kidlanishicha, 2002 yilda tashkil etilgan O‘zbekiston davlat konservatoriyasining bugungi faoliyati, jumladan, qabul kvotalari, o‘quv dasturlari va qo‘llanmalari, professor-o‘qituvchilarning ilmiy va ijodiy salohiyati, moddiy-texnik bazasi, yotoqxonalarning ahvoli talabga javob bermay qolgan. Bugungi kunda bu erda 700 nafar o‘rniga 1352 nafar talaba tahsil olmoqda va bu ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatyapti. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar