
O‘zbekistonda fuqarolarning chet elga borish ruxsatnoma yozuvi stikerini bekor qilish hamda xorijga chiqish pasportini bosqichma-bosqich joriy etishni ko‘zda tutuvchi loyihani ishlab chiqish jarayoni yakunlandi. Bu haqda «TIV matbuot xizmati»ga tayanib «UZ24» nashri ma’lum qildi.
Ayni vaqtda hujjat idoralararo kelishuv bosqichida turibdi.
Mazkur loyiha Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga binoan tayyorlandi. Xorijga chiqish ruxsatnoma yozuvi stikerini bekor qilish masalasi 5 iyul kuni bo‘lib o‘tgan Tashqi ishlar vazirining aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqoti doirasida ham ko‘tarilgan edi.
Bundan tashqari fuqorlikdan chiqishni rasmiylashtirish hamda xorijga kelgan fuqarolarning mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun lisenziya berish tartibini soddalashtirish to‘g‘risidagi davlat rahbari qarorlari loyihalari ishlab chiqildi, deyiladi xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar