O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 7 avgust kuni idoralararo yig‘ilish o‘tkazdi. Unda joriy yilning 5 iyul kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining vatandoshlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqoti doirasida ko‘tarilgan masalalarni echish yuzasidan qilinayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot tinglandi.
Vazirlik matbuot xizmati ma’lum qilishicha, tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligi va boshqa davlat tuzilmalari vakillari ishtirok etgan.
Xabar qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan fuqarolarning chet elga borish ruxsatnoma yozuvi stikerini (OVIR) bekor qilish hamda xorijga chiqish pasportini bosqichma-bosqich joriy etishni ko‘zda tutuvchi, fuqarolikdan chiqishni rasmiylashtirish hamda xorijga kelgan fuqarolarning mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun lisenziya berish tartibini soddalashtirish to‘g‘risidagi davlat rahbari qarorlari loyihalari hamda qonunchilikka, qonun osti hujjatlariga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha boshqa takliflar tayyorlangani va idoralararo kelishuv bosqichida turgani ma’lumot uchun qabul qilingan.
Shuningdek, Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligining mehnat migrantlarini tegishli ijtimoiy paket, jumladan zarur yashash-maishiy sharoit, munosib ish haqi darajasi va boshqa imtiyozlar bilan ta’minlashni ko‘zda tutuvchi O‘zbekiston fuqarolarini ishga yollashni tashkillashtirish bo‘yicha yirik xorijiy hamkorlar bilan ikki tomonlama bitimlar tuzish bo‘yicha faoliyati qo‘llab-quvvatlangan.
Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra Idoralararo ishchi guruhi tarkibi va uning 2017-2018 yillarga mo‘ljallangan Ish rejasi kelishilgan va tasdiqlash uchun taklif qilingan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi